Добро пожаловать в тему KIU
15-mayda boʻlib oʻtadigan “Mutolaa” marafonining final bosqichiga eng munosib ishtirokchilar saralab olindi!
Kitobxonlik, tafakkur va izlanish yo‘lida faol qatnashgan talabalar navbatdagi muhim bosqich — finalga yo‘l oldi. Bu natijalar yoshlar orasida mutolaa madaniyati yuksalayotganining yana bir isbotidir.
❕Final shartlari:
🔣1-shart
Xayriddin Sultonovning “Yaldo kechasi” asari yuzasidan taqdimot tayyorlash — 5 daqiqa.
Maksimal: 30 ball.
🔣2-shart
Blits savol-javob. O‘qilgan asarlar yuzasidan 25 ta savol beriladi.
Har bir savolga 5 soniya ichida javob beriladi.
Gʻoliblar taqdirlanadilar!


Talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda bilim va tafakkurni kengaytirish maqsadida maxsus mutolaa marafoni tashkil etilmoqda.
Ushbu marafon orqali siz:
🔖muntazam kitob o‘qish odatini shakllantirasiz
🧠tahliliy fikrlash va mustaqil xulosa chiqarishni o‘rganasiz
🚀o‘z ustingizda ishlashga yangi motivatsiya olasiz
🎁Sovrinlar:
🏆Eng faol 5 nafar ishtirokchiga 1 yillik Mutolaa Premium obunasi taqdim (https://mutolaa.com/davra/post/279631) etiladi!
🔝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://mutolaa.com/davra/post/279631

24–25-aprel kunlari ICFAI University (Hindiston) bilan hamkorlikda tashkil etilgan nufuzli xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi. Anjuman doirasida ilmiy tadqiqotlar almashinuvi, innovatsion g‘oyalar muhokamasi va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan samarali muloqotlar olib borildi.
Konferensiyaga universitet rektori Panjiev Ulug‘bek boshchiligida faol ishtirok etilib, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, yangi ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish borasida muhim tashabbuslar ilgari surildi.
🌟 Mazkur nufuzli anjuman universitetimizning global ta’lim va ilmiy maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qildi
Respublika “Munozara” turniri doirasida universitet bosqichi boshlanmoqda!
Sizni kutadi:
— Dolzarb mavzular
— Haqiqiy debat muhiti
— Kuchli argument va fikrlar bahsi
3 kishilik jamoa ishtirok etadi (3+1 zaxira mumkin). Bu nafaqat bellashuv, balki liderlik, notiqlik va tanqidiy fikrlash maktabi!
📍2-bino, 206-xona
🗓 27-aprel
⏰ 13:00
Savollar boʻyicha shu profilga! (https://t.me/Tolibjon_Nuraliyev)
2026-yil 24–25-aprel kunlari ICFAI University (Hindiston) tomonidan nufuzli xalqaro konferensiya tashkil etilmoqda. Ushbu ilmiy anjumanda hamkor tashkilot sifatida KIU University ham faol ishtirok etadi.
📚 Konferensiya doirasida:
— ilmiy tadqiqotlar almashinuvi;
— innovatsion g‘oyalar taqdimoti;
— xalqaro tajriba va hamkorlikni kengaytirish.
Bu kabi platformalar nafaqat ilmiy salohiyatni oshiradi, balki global miqyosda yangi aloqalar o‘rnatish uchun muhim qadam hisoblanadi.

Karyera kuni bitiruvchi talabalar uchun haqiqiy imkoniyatlar maydoniga aylandi. Ushbu tadbir orqali yoshlar va ish beruvchilar bir joyda uchrashib, o‘zaro manfaatli muloqot olib borishdi.
Turli kompaniya va tashkilotlar vakillari talabalar bilan bevosita suhbatlashib, ularning bilim va salohiyatini baholash imkoniga ega bo‘lishdi. Bu esa kelajakdagi hamkorlik uchun muhim qadam bo‘ldi.
Talabalar esa o‘zlarini eng yaxshi tomondan ko‘rsatishga harakat qilib, muloqot madaniyati, jamoada ishlash, liderlik va o‘zini taqdim etish kabi muhim ko‘nikmalarini namoyon etdilar.



“Yangi avlod ta’lim konsepsiyasi: milliy taraqqiyot yo‘li va ustuvor yo‘nalishlar — O‘zbekiston sharoitida ta’lim mazmunini yangilash siyosati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
⤵️ Mazkur konferensiya davomida:
— ta’lim tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish;
— innovatsion yondashuvlar va sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlari;
— yosh avlodni raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda ta’lim va texnologiya uyg‘unligi — taraqqiyotning asosiy omili hisoblanadi.



Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, bugungi kunda yoshlar orasida uchrayotgan dolzarb muammolar, ularning oldini olish, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish hamda ma’naviy immunitetni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarni turli zararli g‘oyalar va axborot xurujlaridan himoya qilish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda to‘g‘ri hayotiy yo‘lni tanlashda ma’rifatning o‘rni alohida ta’kidlandi.


