Asror Sunnatov 26 Mart 2026
👁 Ko'rildi: 46 marotaba
Universitetda “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi

Mazkur uchrashuvda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i J. Fayzullayev hamda universitet rektori U. Panjiyev ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbat olib borishdi.

✅ Muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, rahbarlar tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, kelajak rejalari hamda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida muhim tavsiyalar berildi.