Aholining huquqiy ong va madaniyatini oshirish, firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish hamda fuqarolarni turli aldov usullaridan ogohlantirish maqsadida “Adolat” SDP Qashqadaryo viloyat Kengashi, Qarshi shahar Kengashi va Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida Qarshi Xalqaro Universitetida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” aksiyasi o‘tkazildi.
✅Tadbirda:
Qashqadaryo viloyati IIB mas’ul xodimi Oybek Nabiev
“Adolat” SDP viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Gulnoza Rajabova
“Adolat” SDP Qarshi shahar Kengashi raisi, deputat Akmal Xaitov
Viloyat Kengashi bosh mutaxassisi Dilrabo Choriyeva
ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda firibgarlikning zamonaviy usullari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.