✅ Memorandumga ko‘ra, ikki tomon huquqiy va intellektual yo‘nalishdagi loyihalarni birgalikda olib borish, forum va uchrashuvlar tashkil etish hamda media hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Mazkur hujjatni Toshkent davlat yuridik universiteti vakili, “Qomus” intellektual klubi asoschisi Sardor Baxriddinov va Qarshi xalqaro universiteti Talabalar assotsiatsiyasi prezidenti Umida Shodiyeva imzoladilar.


