Asror Sunnatov 27 Fevral 2026
👁 Ko'rildi: 42 marotaba
”Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi!

Qashqadaryoda viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv Prezidentimizning 24-fevraldagi tashabbusi asosida har payshanbani “Yoshlar kuni” sifatida tashkil etish hamda rahbarlar va yoshlar o‘rtasida muntazam ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda turli soha vakillari bo‘lgan yoshlar va universitetimizning faol talabalari ishtirok etib, ularning muammo va takliflari tinglandi hamda mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Bunday uchrashuvlar har payshanba kuni viloyat bo’yicha muntazam o‘tkaziladi.