🔘 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu kelishuv — universitetimizda ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va amaliy loyihalarni yangi bosqichga olib chiqadi.
Bugun universitetimizda muhim mehmon — O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti Qashqadaryo filiali rahbari Amirkulov Ulug‘bek Obidillayevich tashrif buyurdilar. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining davlat tili va ilmiy-tadqiqot masalalari bo’yicha maslaxatchisi, filologiya fanlari doktori, professor Mamadaliyeva Naibaxon Saydaminovna tashrifi davomida universitetdagi o’quv jarayonlarini o’rgandilar va universitet uchun «Buyuk sharq allomalari» kitobini sovg’a qildilar.
🔘 Uchrashuv davomida talabalarga yangi tajriba platformalari, ilmiy loyihalarni qo‘shma ravishda amalga oshirish va xalqaro standartlarga mos ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Qarshi xalqaro universiteti — kelajak mutaxassislari uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishda davom etadi.






Задайте ваш вопрос — оператор ответит в Telegram и прямо здесь.