Asror Sunnatov 19 Mart 2026
👁 Ko'rildi: 76 marotaba
Professor-o‘qituvchilarimiz xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim tajriba orttirib qaytishdi!

✅ Ular Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — INTI International Universityda ilmiy tajriba almashinuvida faol ishtirok etib, muvaffaqiyatli yakunlab qaytishdi.

✅ Tashrif davomida zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar hamda ilmiy tadqiqotlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilinib, o‘zaro tajriba almashildi.

✍️ Safardan qaytgan professor-o‘qituvchilarimizni universitet rektori samimiy kutib olib, ularning erishgan natijalarini e’tirof etdi.