Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimligi komplaens xizmati rahbari R. Ravshanov, rektor maslahatchisi S. Xudayarov hamda MMIB boshqarma boshlig‘i K. Maqsudjonov ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yaratilgan huquqiy mexanizmlar, xususan 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdilar.
✅ Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


