30.10.2025-yilda, Qarshi xalqaro universitet talabalari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida «Aholining radikal diniy g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish muammolari» mavzusida huquqiy profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir rektor maslahatchisi S.Xudayarov rahbarligida, Qashqadaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari podpolkovnik O.Hamidov, p/p-k F.Yusupov, p/p-k L.Egamnazarov va mayor D.Haqberdiyevlar ishtirokida o‘tkazildi. Tadbirda S.Xudayarov bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avj olishiga zamin yaratayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, viloyat IIB bo‘lim boshlig‘i O.Hamidov tomonidan din niqobi ostidagi xurujlar, diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlar, diniy ekstremistlarning yoshlarga nisbatan intilishlari, ularning ijtimoiy tarmoqlar orqali ilgari surayotgan da’volari to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berdi.



Задайте ваш вопрос — оператор ответит в Telegram и прямо здесь.