Islomova Gavhar 18 Dekabr 2025
👁 Ko'rildi: 89 marotaba
Faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida muhim tadbir bo‘lib o‘tdi

✒️ Unda Talabalar assotsiatsiyasi a’zolari hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti universitet kordinatorlariga guvohnomalar bilan birga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

⏺️Mazkur e’tirof yoshlarning universitet hayotidagi faolligi, yetakchilik salohiyati va ijtimoiy tashabbuslarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Barcha taqdirlanganlarni samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.