💬Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun universitet dotsenti Shukrilla Murodov tashabbusi bilan universitet faollar zalida “Elektron davlat xizmatlari (my.gov.uz) imkoniyatlari va xalqaro IT sertifikatlar olish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda Raqamli hukumat loyihalari bo‘yicha mas’ul K. Erkinov Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xizmatlari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


