Asror Sunnatov 14 Mart 2026
👁 Ko'rildi: 61 marotaba
«Avitsenna» xususiy maktabi va Qarshi xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

Qarshi shahridagi Avitsenna xususiy maktabi hamda Qarshi xalqaro universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida tomonlar ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, shuningdek bitiruvchilarni stajirovka o‘tash va ishga yo‘naltirish bo‘yicha kelgusidagi rejalarni kelishib oldilar.

Ushbu memorandum ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida tajriba almashish, malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda yoshlarning kasbiy rivojiga xizmat qiladigan muhim qadam bo‘ldi.