Qarshi xalqaro universitetida “Amir Temur oyligi” doirasida buyuk sarkarda Amir Temur merosiga bag‘ishlangan insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
👑 Tanlov “Amir Temur va Temuriylar merosi” hamda “Amir Temur va Temuriylar davri — Markaziy Osiyoda ilm-fan hamda madaniyatning yuksalish davri” mavzularida tashkil etildi. Unda talaba-yoshlar o‘z bilimlari va ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
Shuningdek, tanlov yakunida faxrli o‘rinlarni egallagan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


