🏛Qarshi xalqaro universitetida Xalqaro talabalar kuniga bag‘ishlangan “Startap loyihalar tanlovi” e’lon qilinadi🎊

02 Noy 2025 1 мин чтения 0 просмотров
🏛Qarshi xalqaro universitetida Xalqaro talabalar kuniga bag‘ishlangan “Startap loyihalar tanlovi” e’lon qilinadi🎊 — фото 1

🎓Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Qarshi xalqaro universitetida talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning innovatsion fikrlashini rivojlantirish hamda ilm-fanni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida “Startap loyihalar tanlovi” tashkil etiladi.

✔️Tanlovning bosh maqsadi — talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini faollashtirish, startap ekotizimini rivojlantirish va innovatsion g‘oyalarni iqtisodiy hayotga tatbiq etishdan iborat.
Ishtirokchilar uchun talablar:

  • Loyiha ilmiy asoslangan va yangilikka yo‘naltirilgan bo‘lishi;
  • Amaliy natija va iqtisodiy samaradorlikni ko‘zlashi;
  • Loyiha individual yoki jamoaviy shaklda taqdim etilishi mumkin

📆 Arizalar qabul qilish muddati: 10-noyabrgacha
📌 Manzil: Qarshi xalqaro universiteti
💌Arizalar quyidagi havola (https://forms.gle/MvB1rEE7zCeQZ8JK8) orqali qabul qilinadi

Eng muvaffaqiyatli loyihalar universitet tomonidan sertifikatlar hamda
🥇-o’ringa 2 million so’m
🥈-o’ringa 1,5 million so’m
🥉-o’ringa 1 million so’m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

0
Просмотров
0
Комментариев
1 мин
Время чтения
Автор статьи

Islomova Gavhar