🇺🇿Qarshi xalqaro universiteti jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining tantanali bayrami bilan chin dildan tabriklaydi!
Bu kun – xalqimizning azmu shijoati, ozodlikka intilishi va ertangi kuniga bo‘lgan cheksiz ishonchining ramzidir. Mustaqillik tufayli yurtimizda ta’lim, fan va innovatsiyalar keng yo‘lga qo‘yildi, yosh avlodning porloq kelajagi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
🇺🇿Yurtimiz tinch, xalqimiz baxtli, kelajagimiz yanada porloq bo‘lsin!
Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin!
