M. Sattorova 2021-yilda Qarshi davlat universiteti maktabgacha ta`lim yo`nalishi bakalavr darajasini tamomlab, shu yilning o`zida Shahrisabz davlat pedagogika instituti maktabgacha ta`lim yo`nalishi magistraturasiga qabul qilindi. M.Sattorova o`z ish faoliyatini 2021-yilda Qarshi shahridagi 11-DMTT tayyorlov guruh tarbiyachisi lavozimida boshlagan. 2023-yilda Qarshi xalqaro universiteti “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi o`qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilingan.
Sattorova 10 dan ortiq ilmiy maqolalar va elektron darslik muallifi.
Eng sevimli mashg`ulotlari til o`rganish, o`z sohasiga oid bo`lgan kitoblar o`qish va qiziqarli filmlar tomosha qilish. Hayotdagi maqsadi “O`qitish ikki barobar o`qish demakdir” iborasiga amal qilgan holda talabalarga bilim berish va shu orqali sohaga oid bilimini yanada chuqurlashtirish. Eng oliy maqsadi Maktabgacha ta`lim sohasini yurtimizdagi yetakchi sohalardan biriga aylanishiga o`z hissasini qo`shish va Maktabgacha ta`lim sohasi bo`yicha fan doktori darajasiga erishish.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchisi
Til O`zbek, rus, ingliz
Tajriba: 3 yil
Email: msattorova090@gmail.com
Xorijiy tillarni bilishi: rus tilida dars mashg`ulotlarini olib boradi.