KIU talabalari uchun «East Bridge» xususiy maktabi vakillari tomonidan ishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayoni o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalar o‘z bilimlari, kasbiy ko‘nikmalari va muloqot madaniyatini namoyon etdilar. Jarayon yakunida maktab jamoasi o‘zlariga mos va munosib nomzodlarni saralab oldi.
Ushbu uchrashuv talabalar uchun amaliy tajriba orttirish va kelajakdagi faoliyatlariga muhim qadam bo‘ldi.