Asror Sunnatov 24 Mart 2026
👁 Ko'rildi: 76 marotaba
Bizda Navroʻz bayrami koʻtarinki ruhda nishonlandi!

Bahorning eng goʻzal va qadimiy ayyomi — Navroʻz, KIU jamoasida alohida shukuh va quvonch bilan qarshi olindi. Bayram davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz yorqin namoyon boʻlib, barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

🌸 Talabalar va ustozlar ishtirokida tashkil etilgan turli sahna koʻrinishlari, milliy kuy-qoʻshiqlar, raqslar va koʻrgazmalar bayramga yanada fayz bagʻishladi. Milliy liboslar, bahoriy bezaklar va samimiy muhit esa ushbu kunni yanada goʻzal qildi.