Asror Sunnatov 14 Mart 2026
👁 Ko'rildi: 39 marotaba
Bahor nafasi – ezgu ishlar bilan davom etmoqda!

Qarshi xalqaro universitetida Umumxalq hashari ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Hasharda universitet rektori Ulugʻbek Panjiyev boshchiligida professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.

Hashar davomida universitet hududi obodonlashtirildi, atrof-muhit tozalandi, ko‘chatlar parvarish qilindi va hudud yanada chiroyli hamda fayzli ko‘rinishga keltirildi. Bunday ezgu tashabbuslar jamoada hamjihatlik va mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi.