Asror Sunnatov 11 Fevral 2026
👁 Ko'rildi: 73 marotaba
Qarshi xalqaro universiteti vakillari o‘quv seminarida ishtirok etdi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari hamda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida qisqa muddatli o‘quv seminari boshlandi.

Tadbirda:
✅ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari O‘ktam Salomov;
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov;
✅ Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov;
✅ Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori Husniddin Ahmedovlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Yangi O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari hamda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar