Islomova Gavhar 6 Fevral 2026
👁 Ko'rildi: 70 marotaba
Qarshi xalqaro universitetida talaba-qizlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi

Viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Ziyoda Aminova ва Lola Sadatova xotin qizlar boʻyicha rektor maslahatchisi Nigora Xidoyatova universitet talabalar turar joyidagi qizlar bilan uchrashdi.

Suhbat mavzusi talabalarning yashash sharoitlari, ta’lim jarayonidagi faolligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy hayotdagi ishtiroki hamda kelajakdagi maqsadlari haqida bo‘ldi. Qizlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi va amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar belgilab olindi.