Islomova Gavhar 5 Fevral 2026
👁 Ko'rildi: 53 marotaba
“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida huquqiy profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirdan qisqacha

5-fevral 2026-yil Qarshi xalqaro universitetida 103 nafar talaba ishtirokida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida huquqiy profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda universitet rahbariyati hamda Qashqadaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari ishtirok etib, ijtimoiy tarmoqlardagi mutaassib g‘oyalar, diniy ekstremizm tahdidlari va kiberjinoyatlardan himoyalanish mavzularida tushuntirishlar berildi. Talabalarga shaxsiy ma’lumotlarni asrash, soxta xabarlarga aldanmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda “Zavq ortidagi xato” hujjatli filmi namoyish etildi.