Asror Sunnatov 12 Noyabr 2025
👁 Ko'rildi: 132 marotaba
Qarshi xalqaro universiteti rahbariyati tomonidan talabalar turar joylarida is gazi tizimi, yong‘in xavfsizligi, elektr tarmog‘i, sanitariya-gigiyena sharoitlari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi!

O‘rganishlar jarayonida universitet rektori U.Panjiyev tomonidan mas’ullarga tegishli koʻrsatmalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar yuklatildi.

📌 Qarshi xalqaro universiteti talabalarning xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini ta’minlashni doimiy e’tiborda tutadi.