🎓Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Qarshi xalqaro universitetida talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning innovatsion fikrlashini rivojlantirish hamda ilm-fanni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida “Startap loyihalar tanlovi” tashkil etiladi.
✔️Tanlovning bosh maqsadi — talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini faollashtirish, startap ekotizimini rivojlantirish va innovatsion g‘oyalarni iqtisodiy hayotga tatbiq etishdan iborat.
Ishtirokchilar uchun talablar:
📆 Arizalar qabul qilish muddati: 10-noyabrgacha
📌 Manzil: Qarshi xalqaro universiteti
💌Arizalar quyidagi havola (https://forms.gle/MvB1rEE7zCeQZ8JK8) orqali qabul qilinadi
Eng muvaffaqiyatli loyihalar universitet tomonidan sertifikatlar hamda
🥇-o’ringa 2 million so’m
🥈-o’ringa 1,5 million so’m
🥉-o’ringa 1 million so’m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


Задайте ваш вопрос — оператор ответит в Telegram и прямо здесь.