Добро пожаловать в тему KIU
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida Qarshi xalqaro universitetida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Abduvohid Ismoilov, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy kasb-hunar va axborot texnologiyalarini chuqur egallashning ahamiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda kiberjinoyatchilikning oldini olish, internetdagi xavf-xatarlardan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarni asrash va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida Qashqadaryo viloyati IIB hamda Qarshi xalqaro universiteti o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish va yoshlarning kiber madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan memorandum imzolandi.


