Добро пожаловать в тему KIU
15-mayda boʻlib oʻtadigan “Mutolaa” marafonining final bosqichiga eng munosib ishtirokchilar saralab olindi!
Kitobxonlik, tafakkur va izlanish yo‘lida faol qatnashgan talabalar navbatdagi muhim bosqich — finalga yo‘l oldi. Bu natijalar yoshlar orasida mutolaa madaniyati yuksalayotganining yana bir isbotidir.
❕Final shartlari:
🔣1-shart
Xayriddin Sultonovning “Yaldo kechasi” asari yuzasidan taqdimot tayyorlash — 5 daqiqa.
Maksimal: 30 ball.
🔣2-shart
Blits savol-javob. O‘qilgan asarlar yuzasidan 25 ta savol beriladi.
Har bir savolga 5 soniya ichida javob beriladi.
Gʻoliblar taqdirlanadilar!


Tanlovda 2-bosqichni tamomlayotgan, yuqori akademik natijalarga ega, ilmiy va ijtimoiy faol talaba-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Baholash mezonlari:
• reyting natijalari
• ilmiy maqola va tezislar
• tanlov, konferensiya va olimpiadalardagi ishtirok
• jamoat faolligi
✉️ Hujjat topshirish uchun shu profilga!
⏳ Muddat: 16-maygacha
🔸 Prezident stipendiyasi uchun 3 yoki 4 bahosi mavjud talabalar qatnasha olmaydi.
🔸 Nomli davlat stipendiyalarida esa 4 baholar 25% dan oshmasligi kerak.
