Добро пожаловать в тему KIU

Har bir atlas qatida — tarix bor,
har bir do‘ppi naqshida — ajdodlar izi, har bir qadriyatimizda — bizni biz qiladigan kuch yashiringan.

Bugun biz milliylikni nafaqat eslayapmiz, balki unda yashayapmiz ham.

👑 Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida buyuk sarkarda va davlat arbobi — Amir Temurning hayoti, siyosiy faoliyati, adolatli boshqaruv tamoyillari hamda boy tarixiy merosi haqida atroflicha fikrlar almashildi.

⭐️ Ishtirokchilar Temuriylar davridagi ilm-fan, madaniyat va taraqqiyot masalalariga alohida e’tibor qaratib, ulug‘ ajdodlarimizdan ibrat olish zarurligini ta’kidlashdi.