Добро пожаловать в тему KIU

«KIU»da“Sudya va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Unda Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari G‘.Egamov, A.To‘raqulov, B.Mahmudov hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudi tergov sudyalari Umirov Bekzod Dilmuratovich, Ashurov Azizbek Rustamovich, shuningdek sud raisi Bobonazarov Akmal Qosimovich ishtirok etdi.

Uchrashuvda sud-huquq tizimidagi islohotlar, yoshlarning huquq va burchlari hamda qonunchilikka oid muhim tushunchalar yuzasidan muloqot o‘tkazildi. Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Mazkur ochiq darsda kafedra dotsenti Shukrilla Murodov sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgan firibgarlik holatlari va ularning yoshlar orasida tarqalishi haqida so‘z yuritdi. Ushbu mavzu bugun nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham dolzarb ekani ta’kidlandi.

Mashg‘ulotlarni interfaol usullar, real misollar va keyslar asosida tashkil etish talabalarda mavzuga nisbatan chuqur tushuncha va ogohlikni shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi. Shu bilan birga, bunday ochiq darslar yoshlarni raqamli tahdidlardan himoyalashda muhim ahamiyat kasb etishi aytildi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutaxassislarini jalb etgan holda savol-javob va ogohlantiruvchi mashg‘ulotlar o‘tkazish yuqori samaradorlik berishi ta’kidlandi. Bunday tashabbuslar yoshlar orasida axborot xavfsizligi madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

15-mayda boʻlib oʻtadigan “Mutolaa” marafonining final bosqichiga eng munosib ishtirokchilar saralab olindi!
Kitobxonlik, tafakkur va izlanish yo‘lida faol qatnashgan talabalar navbatdagi muhim bosqich — finalga yo‘l oldi. Bu natijalar yoshlar orasida mutolaa madaniyati yuksalayotganining yana bir isbotidir.

❕Final shartlari:

🔣1-shart
Xayriddin Sultonovning “Yaldo kechasi” asari yuzasidan taqdimot tayyorlash — 5 daqiqa.
Maksimal: 30 ball.

🔣2-shart
Blits savol-javob. O‘qilgan asarlar yuzasidan 25 ta savol beriladi.
Har bir savolga 5 soniya ichida javob beriladi.

Gʻoliblar taqdirlanadilar!

Talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda bilim va tafakkurni kengaytirish maqsadida maxsus mutolaa marafoni tashkil etilmoqda.

Ushbu marafon orqali siz:
🔖muntazam kitob o‘qish odatini shakllantirasiz
🧠tahliliy fikrlash va mustaqil xulosa chiqarishni o‘rganasiz
🚀o‘z ustingizda ishlashga yangi motivatsiya olasiz

🎁Sovrinlar:
🏆Eng faol 5 nafar ishtirokchiga 1 yillik Mutolaa Premium obunasi taqdim (https://mutolaa.com/davra/post/279631) etiladi!

🔝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://mutolaa.com/davra/post/279631

Tadbirda KIU vakillari — Shirinoy Hayitova va Ali Darabi ham faol ishtirok etishdi. Konferensiya xalqaro miqyosda o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi: Filippin, Turkiya, Qozog‘iston va Rossiyadan tashrif buyurgan nufuzli mehmon-spikerlar o‘z ilmiy ma’ruzalari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ushbu konferensiya turli mamlakatlar olimlari va mutaxassislarini bir maydonda jamlab, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va yangi g‘oyalar almashinuvi uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Xalqaro tajriba — mahalliy ilm-fan rivoji uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

24–25-aprel kunlari ICFAI University (Hindiston) bilan hamkorlikda tashkil etilgan nufuzli xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi. Anjuman doirasida ilmiy tadqiqotlar almashinuvi, innovatsion g‘oyalar muhokamasi va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan samarali muloqotlar olib borildi.

Konferensiyaga universitet rektori Panjiev Ulug‘bek boshchiligida faol ishtirok etilib, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, yangi ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish borasida muhim tashabbuslar ilgari surildi.

🌟 Mazkur nufuzli anjuman universitetimizning global ta’lim va ilmiy maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qildi

Respublika “Munozara” turniri doirasida universitet bosqichi boshlanmoqda!

Sizni kutadi:
— Dolzarb mavzular
— Haqiqiy debat muhiti
— Kuchli argument va fikrlar bahsi

3 kishilik jamoa ishtirok etadi (3+1 zaxira mumkin). Bu nafaqat bellashuv, balki liderlik, notiqlik va tanqidiy fikrlash maktabi!

📍2-bino, 206-xona
🗓 27-aprel
⏰ 13:00

Savollar boʻyicha shu profilga! (https://t.me/Tolibjon_Nuraliyev)

2026-yil 24–25-aprel kunlari ICFAI University (Hindiston) tomonidan nufuzli xalqaro konferensiya tashkil etilmoqda. Ushbu ilmiy anjumanda hamkor tashkilot sifatida KIU University ham faol ishtirok etadi.

📚 Konferensiya doirasida:
— ilmiy tadqiqotlar almashinuvi;
— innovatsion g‘oyalar taqdimoti;
— xalqaro tajriba va hamkorlikni kengaytirish.

Bu kabi platformalar nafaqat ilmiy salohiyatni oshiradi, balki global miqyosda yangi aloqalar o‘rnatish uchun muhim qadam hisoblanadi.