Добро пожаловать в тему KIU

📢 Universitet hayotidagi eng muhim voqealar va yangiliklarni haftalik daydjest orqali kuzatib boring.

Yangiliklardan ortda qolmang va talabalar hayotining bir qismiga aylaning!

Bugun universitet tanlash — bu shunchaki o‘qish emas, bu kelajagingni tanlashdir.

1⃣ Zamonaviy bilimlar
KIU’da o‘qish — bu faqat nazariya emas, balki real hayotga tayyor bilim demak.

2⃣ Kuchli ustozlar
Bu yerda sizni oddiy o‘qituvchilar emas, balki tajribali mutaxassislar kutadi.

3⃣ Xalqaro imkoniyatlar
KIU — bu global fikrlash, yangi imkoniyatlar va keng dunyo eshigi.

4⃣ Ishga yo‘naltirilgan ta’lim
Bu yerda siz faqat diplom emas, balki kasb egasi bo‘lib chiqasiz.

5⃣ Zamonaviy muhit
Qulay sharoit, innovatsion yondashuv va motivatsiyaga boy atmosfera!
KIU — bu shunchaki universitet emas, bu muvaffaqiyat sari yo‘l!

Bahor — uyg‘onish fasli. Tabiat yangilanadi, qalblar ochiladi. Milliylik esa — ildizimiz, o‘zligimiz va ajdodlardan qolgan merosimiz. Bahor bizga eslatadi:
Yangilanish uchun ildizni unutmaslik kerak.

Milliy ruh va bahor nafasi doimo hamroh bo‘lsin!

Unda Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari — polpovkovnik O. Hamidov, kapitan M. Bashirov, leytinant O. Nabiev, shuningdek, universitet rektor maslahatchisi S. Xudayarov va K. Maqsudjonov ishtirok etdi.

Tadbirni S. Xudayarov ochib berdi. O. Hamidov yoshlarni zararli g‘oyalardan himoya qilish va huquqiy madaniyatni oshirish haqida so‘z yuritdi. M. Bashirov esa giyohvandlik, ekstremizm va ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlar haqida ma’lumot berdi. O. Nabiev tomonidan kiberxavfsizlik, soxta xabarlardan ehtiyot bo‘lish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

🏐 Voleybol
🏀 Basketbol
⚽️ Futbol
🏓 Stol tennisi
🏃‍♂️ Yengil atletika

O‘z iqtidor va iste’dodingizni namoyon qilish, sportdagi salohiyatingizni sinab ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat!
👨‍💼 Musobaqada faqatgina erp.sport.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

⏰ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 30-martga qadar

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun fakultet tyutorlari yoki dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Mazkur uchrashuvda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i J. Fayzullayev hamda universitet rektori U. Panjiyev ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbat olib borishdi.

✅ Muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, rahbarlar tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, kelajak rejalari hamda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida muhim tavsiyalar berildi.

Mazkur darsga KIU media markazi mutaxassisi Surayyo Rajabova hamda tajribali montaj ustasi Firdavs Maxmatmurodov taklif etildi. Dars davomida talabalar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlarda ham faol ishtirok etib, mustaqil ravishda videolavhalar tayyorladilar.

Yakunda esa ijobiy va samarali natijalarga erishildi.

Mazkur tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda agentlikning yirik loyihalari rahbarlari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarga yangi imkoniyatlar, loyihalar va istiqbolli rejalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Quvonarlisi, Qarshi xalqaro universiteti talabasi Bekmurod Rasulov ham ushbu uchrashuvda faol qatnashib, o‘zining dolzarb taklif va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdi.