Islomova Gavhar 17 Sentabr 2025
👁 Ko'rildi: 139 marotaba
Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasining 2025-2026 o‘quv yili g‘oliblari aniqlandi!

Qarshi Yoshlar Texnoparkida Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Unda viloyatimiz oliy ta’lim muassasalaridan eng iqtidorli 42 nafar talabalar ishtirok etdi.

Viloyat komissiyasi xulosasi bilan Qarshi xalqaro universiteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi Boltayeva Marjona Baxriddin qizi ham mazkur stipendiyaga loyiq deb topildi.

📌G’oliblar o‘quv yilining sentabr oyidan iyun oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida qo‘shimcha stipendiya bilan taqdirlanadi.