Milliylik va zamonaviy uslub uyg‘unlashgan ushbu shou talabalar, mehmonlar va moda ixlosmandlarini bir sahnada jamladi. Atlas va adras jilosidan tortib kreativ podium chiqishlarigacha — har bir obrazda o‘zbekona ruh va zamonaviy nigoh aks etdi.
Tadbir davomida milliy liboslar namoyishi, yorqin chiqishlar, kreativ obrazlar hamda ko‘tarinki atmosfera barchaga o‘zgacha taassurot ulashdi. KIU sahnasida moda, san’at va milliy qadriyatlar birlashgan haqiqiy bayram muhiti yuzaga keldi.


Savolingizni yozing — operator Telegram orqali va shu yerning o'zida javob beradi.