Mazkur ochiq darsda kafedra dotsenti Shukrilla Murodov sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgan firibgarlik holatlari va ularning yoshlar orasida tarqalishi haqida so‘z yuritdi. Ushbu mavzu bugun nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham dolzarb ekani ta’kidlandi.
Mashg‘ulotlarni interfaol usullar, real misollar va keyslar asosida tashkil etish talabalarda mavzuga nisbatan chuqur tushuncha va ogohlikni shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi. Shu bilan birga, bunday ochiq darslar yoshlarni raqamli tahdidlardan himoyalashda muhim ahamiyat kasb etishi aytildi.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutaxassislarini jalb etgan holda savol-javob va ogohlantiruvchi mashg‘ulotlar o‘tkazish yuqori samaradorlik berishi ta’kidlandi. Bunday tashabbuslar yoshlar orasida axborot xavfsizligi madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.



Задайте ваш вопрос — оператор ответит в Telegram и прямо здесь.