Tadbirda KIU vakillari — Shirinoy Hayitova va Ali Darabi ham faol ishtirok etishdi. Konferensiya xalqaro miqyosda o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi: Filippin, Turkiya, Qozog‘iston va Rossiyadan tashrif buyurgan nufuzli mehmon-spikerlar o‘z ilmiy ma’ruzalari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ushbu konferensiya turli mamlakatlar olimlari va mutaxassislarini bir maydonda jamlab, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va yangi g‘oyalar almashinuvi uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Xalqaro tajriba — mahalliy ilm-fan rivoji uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Задайте ваш вопрос — оператор ответит в Telegram и прямо здесь.