Filologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida Filologiya kafedrasi professor o’qituvchilari Jabborov Shaxrizod va Anvar Ochilov tomonidan ingliz tilidan bilim va ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazishga qaratilgan English contest tashkil etildi.
✔️ Tanlov davomida ishtirokchilar grammatika, speaking, vocabulary hamda kreativ fikrlash bo‘yicha o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar. Eng faol va bilimdon talabalar saralanib, munosib ravishda taqdirlandi.