8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan KIU ustozlari jamoamizdagi barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladilar.
Bayram munosabati bilan ayollarga hurmat va ehtirom bildirilib, ularning jamiyatdagi o‘rni, mehr-muhabbati, sabr-toqati va fidoyiligi alohida ta’kidlandi. Jamoamizdagi ustozlar, xodimlar va talaba-qizlarga iliq tilaklar bildirildi.
🤩 KIU jamoasi barcha aziz ayollarni ushbu go‘zal bayram bilan muborakbod etadi!


