Qarshi xalqaro universitetida Prezidentimiz tashabbuslariga binoan har payshanba talaba-yoshlar kuni munosabati bilan bugun talaba-yoshlar va universitet rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, taklif va fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuvni universitet rektori Ulugʻbek Panjiyev olib bordilar hamda talabalarning murojaatlari va takliflariga atroflicha javob berdilar