Universitetda talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda psixologik farovonligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yashash uchun ming bir sabab” mavzusida psixologik aksiya tashkil etildi.
Tashabbus Universitet psixologi Nargiza Shukurova va Psixologiya yo‘nalishi talabalari hamkorligida amalga oshirildi. Aksiya davomida talabalar o‘z fikr va his-tuyg‘ularini erkin ifoda etib, hayotiy qadriyatlar hamda motivatsion omillarni aniqlashga qaratilgan interfaol mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.