Islomova Gavhar 12 Dekabr 2025
👁 Ko'rildi: 166 marotaba
Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va foydalanish boʻyicha rektorlar forumi

Ayni paytda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha rektorlar forumi” o‘z ishini olib bormoqda.

Ushbu nufuzli anjumanda respublika bo‘yicha 200 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, sohaning yetakchi mutaxassislari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Hilola Umarova va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.

– Bugun dunyoning ilg‘or universitetlari taʼlim samaradorligini oshirish, talabalarning o‘quv faoliyatini tahlil qilish, dars jarayonini individuallashtirish, akademik halollikni taʼminlash kabi vazifalarda sunʼiy intellektdan amaliy yordamchi sifatida foydalanmoqda
, – dedi H. Umarova.

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov fikriga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston oliy taʼlim tizimi uchun eng ustuvor vazifalardan biri – universitetlarni sunʼiy intellekt sohasida bilim, tajriba va ilmiy izlanishlar markaziga aylantirishdir.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110553